Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning V-22 Osprey harbiy samolyoti Yaponiya janubi-g‘arbidagi orol yaqinida qulab tushdi, deb xabar bermoqda Kyodo va NHK mamlakat qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib.

Osprey harbiy samolyoti
Foto: Global Look Press

Samolyotda sakkiz kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Samolyot Kagosima prefekturasi yaqinida dengizga qulagan. Osprey dengiz piyodalari korpusi va AQSH harbiy-havo kuchlari maxsus operatsiyalar qo‘mondonligida xizmat qilar edi.

Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Osprey Yamaguchi prefekturasida Amerikaning “Ivakuni” harbiy bazasidan havoga ko‘tarilib, Okinavada joylashgan boshqa harbiy bazaga yo‘l olgan. Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, uchoq o‘z manzilini o‘zgartirib, aeroportga ketayotganda halokatga uchragan.

2016-yil dekabrida bu turdagi samolyot Okinava prefekturasining Nago shahridagi qishloq yaqinidagi sayoz suvga favqulodda qo‘ngan edi. Oqibatda unga jiddiy zarar yetgan, deya aniqlik kiritmoqda NHK. Qurbonlar bo‘lmagan, biroq prefektura aholisi “xavotir va g‘azab” bildirishgan.

27-avgust kuni Avstraliyaning Melvill oroli qirg‘oqlarida Predators Tun mashqlari chog‘ida V-22 Osprey samolyoti qulab tushgandi. Samolyot bortida 23 nafar dengiz piyodasi bo‘lgan, ulardan besh nafari Darvindagi kasalxonaga yotqizilgan. Avariya oqibatida uch nafar harbiy halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »