Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Menderes viloyati Izmir shahri yaqinida uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Knews xabar berdi.

Illyustrativ foto: Facebook

Ma’lum qilinishicha, o‘rmon yong‘inini o‘chirishda qatnashgan vertolyot to‘g‘onga qulagan.

“2023-yilning 16-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23J53 da Izmir yaqinida o‘rmon yong‘inini bartaraf etishda ishtirok etayotgan vertolyot Taxtali to‘g‘oniga qulab tushdi”, — deyiladi xabarda.

Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, vertolyotda 4 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafari Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi. Hozirda ekipaj aʼzolaridan biri — Qirg‘iziston fuqarosi shifoxonada, qolgan fuqarolar bo‘yicha tegishli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsullik xodimlari fojia holatlariga oydinlik kiritish va Qirg‘iziston fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish uchun voqea joyiga borgan.

“Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchixonasi va Qirg‘izistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi Izmirdagi tegishli xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, bu masalani alohida nazoratda ushlab turibdi”, — deyiladi TIV xabarida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »