Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chelyabinsk viloyatida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga tegishli Mi-8 vertolyoti qulab tushdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 
 
Illyustrativ foto: Mi-8 / https://smart.press/
 
 

Vertolyot Prudniy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonga qulab tushgan. Samolyot bortida to‘rt kishidan iborat ekipaj bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Aviahalokat Mi-8 ning o‘quv parvozida sodir bo‘lgan.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisaga texnikaning nosozligi sabab bo‘lgan. Mash Telegram kanali esa vertolyot yomon ko‘rish sharoitida yuqori voltli liniya bilan tutashgani, bortda uch kishi — instruktor va ikki kursant bo‘lganini yozmoqda.

112 Telegram kanali ham halokatga uchragan Mi-8 ekipaji uch kishidan iborat bo‘lganini xabar qilgan.

Bungacha Rossiyaning Tver viloyatida 23-avgust kuni Prigojinga tegishli samolyot qulab tushgandi. Oqibatda bortdagi o‘n kishi halok bo‘lgan, ular orasida “Vagner” rahbari va uning o‘rinbosari ham bor. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »