Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qo‘mondonligi vakillari 29-avgust kuni Donetsk viloyatida ikkita Mi-8 vertolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi. Olti nafar uchuvchi halok bo‘lgan.

Foto: “18 obraa”

Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining sharqiy guruhi vakili Ilya Yevlashning “Suspilna” nashriga aytishicha, Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgani xabar qilingan paytda, ikki vertolyot jangovar missiyani bajarayotgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotlar ehtimoliy o‘qqa tutilish xavfidan qochib, qo‘nishni boshlagan, ammo aviahalokatga uchragan.

Hodisaning aniq sabablari maxsus komissiya tomonidan o‘rganilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

“RBK-Ukraina” nashri ham Yevlashga tayanib, vertolyotlar Kramatorsk viloyatida qulaganiga aniqlik kiritdi. Donetsk viloyatida ikkita harbiy vertolyot halokatga uchragani haqida xabarlar avvalroq paydo bo‘lgandi. Xabarlarda ikkala uchoq ham to‘liq vayron bo‘lgani, halokat joyidan olti kishining jasadi topilgani aytilgan.

Shuningdek, 29-avgust kuni Chelyabinsk viloyatida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga tegishli Mi-8 vertolyoti qulab tushgani xabar qilingandi. Bortdagi to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »