Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot O‘rta Yer dengizida halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Qurolli Kuchlari Yevropa qo‘mondligi ma’lum qildi.

Foto: U.S. Military Personnel

Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, avariya 10-noyabr kechasi mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan.

Hozirda ko‘ngilsiz hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. “Ammo bir narsa aniqki, samolyot faqat mashg‘ulot maqsadida havoga ko‘tarilgan va hech qanaqa dushmanlik harakatlarining belgilari yo‘q”, — deyiladi Amerika qo‘mondonligi bayonotida.

Qayd etilishicha, samolyotning qulashi oqibatida besh nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.

Pentagon oktyabr oyida o‘z harbiylarining katta qismini O‘rta Yer dengiziga joylashtirishni boshladi. Yaqin Sharqqa Amerikaning ikkita hujumkor aviatashuvchilari — USS Gerald R.Ford hamda USS Dwight D. yetib borgan. Bundan tashqari, mintaqaga qo‘shimcha 300 nafar amerikalik harbiy yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »