Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Harbiy-havo kuchlari Suriya shimolidagi qurol-yarog‘ omboriga, Isroil qo‘shinlari esa mamlakat janubidagi nishonlarga hujum uyushtirdi. Pentagon rahbari Lloyd Ostinning ta’kidlashicha, AQSH Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan foydalanib kelingan obyektlarga zarba bergan. Buning fonida Amerikaning Suriya va Iroqdagi bazalari yana hujumga uchragan, Yamanda esa AQShga tegishli dron urib tushirilgan.

Foto: U.S. Air National Guard

Hujumni AQSHning ikkita F-15 qiruvchi samolyoti amalga oshirgan. “Bu Iroq va Suriyadagi amerikaliklarga uyushtirilgan hujumlar seriyasiga mudofaa maqsadlarida amalga oshirilgan yuqori aniqlikdagi javob zarbalaridir”, — deydi Ostin.

Pentagon rahbarining qayd etishicha, AQSH prezidentining o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlashdan ustuvrroq vazifasi yo‘q va u mazkur harakati orqali mamlakat o‘zi, xodimlari va manfaatlarini himoya qilishini tushuntirib qo‘ymoqchi.

Suriya inson huququlariga rioya qilinishini kuzatish monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH uyushtirgan hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan.

Isroil esa Suriya janubidagi “ayrim harbiy pozitsiyalarga” aviazarbalar bergan. Suriya Mudofaa vazirligi “biroz moddiy zarar” yetganini ma’lum qildi. Isroil tomoni hozircha holatga izoh bermagan.

17-oktyabrdan 7-noyabrga qadar AQSHning Yaqin Sharqdagi kuchlariga 40 martadan ortiq hujum uyushtirilgan. Hujumlarning 20 dan ortig‘i Iroqda, qolgani Suriyada yuz bergan.

Oktyabr oxirlarida prezident Jo Baydenning buyrug‘iga binoan AQSH harbiylari Suriyadagi nishonlarga zarbalar bergandi. AQSHning yuqori martabali harbiy mulozimi AP agentligiga aytishicha, zarbalar Suriyaning Iroq bilan chegaradosh Abu Kamol shahri yaqinida amalga oshirilgan. O‘sha paytda harbiy bazada Eron jangchilari va IRGK zobitlari bo‘lgan; tinch aholi bo‘lmagan, ammo AQSH qurbonlar yoki yetkazilgan zarar haqida ma’lumotga ega emas. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »