Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin prezident Jo Baydenning buyrug‘iga binoan AQSH harbiylari Suriyadagi nishonlarga zarbalar berganini ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
“Bugun prezident Baydenning ko‘rsatmasi bilan AQSH kuchlari o‘zini-o‘zi mudofaa qilish uchun Suriya sharqida Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IRGK) va unga aloqador guruhlar tomonidan foydalanilayotgan ikkita obyektga zarbalar berdi”, — deyiladi Ostinning Pentagon tomonidan eʼlon qilingan bayonotida.

Reuters va AP agentliklari aniqlik kiritishicha, Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari Suriyadagi qurol va o‘q-dorilar omborlarini nishonga olgan.

AQSHning yuqori martabali harbiy mulozimi AP agentligiga aytishicha, zarbalar Suriyaning Iroq bilan chegaradosh Abu Kamol shahri yaqinida amalga oshirilgan. O‘sha paytda harbiy bazada Eron jangchilari va IRGK zobitlari bo‘lgan; tinch aholi bo‘lmagan, ammo AQSH qurbonlar yoki yetkazilgan zarar haqida ma’lumotga ega emas. 

Qayd etilishicha, zarbalar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar tomonidan Iroq va Suriyadagi amerikalik xodimlarga uyushtirilgan qator hujumlarga javob bo‘lgan.

“Zarbalar Isroil va HAMAS o‘rtasida davom etayotgan mojaroga aloqador emas”, — deya qo‘shimcha qildi AQSH Mudofaa vaziri. “Prezident uchun amerikalik harbiylarning xavfsizligidan ustunroq narsa yo‘q va u Qo‘shma Shtatlar bunday hujumlarga toqat qilmasligini hamda o‘zini, xodimlarini va manfaatlarini himoya qilishini tushuntirish uchun bugungi harakatlarni amalga oshirdi”, — dedi Ostin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH mojaroga intilmayapti va keyingi harbiy harakatlarda ishtirok etish istagi ham yo‘q.

Ostin amerikalik askarlarga qarshi hujumlar qabul qilinmasligi, ular to‘xtatilishi kerakligini aytdi.

“Agar Eronning ishonchli vakillari Amerika qo‘shinlariga hujum qilishda davom etsa, biz xalqimizni himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishdan tortinmaymiz”, — deya so‘zini yakunlagan Pentagon rahbari.

Shu hafta boshida “Iroqdagi islomiy qarshilik” guruhi AQSHning Suriyadagi ikkita harbiy bazasiga uyushtirilgan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. Gap Al-Omar neft koni yaqinidagi baza va Suriya sharqidagi baza haqida bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »