Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fitch Ratings qayd etishicha, O‘zbekistonda so‘nggi olti yil ichida sezilarli yutuqlarga erishgan iqtisodiy islohotlar endilikda murakkab bosqichga o‘tdi. Islohotlarga siyosiy sodiqlik hamon kuchli bo‘lsa-da, so‘nggi chora-tadbirlar geosiyosiy noaniqlik va ijtimoiy mulohazalar sharoitida subsidiyalangan/yo‘naltirilgan kreditlashni bekor qilish orqali to‘liq bozorga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish qiyinligini ko‘rsatmoqda.

Foto: Macau Business

Oktyabr oyida prezident farmoni bilan milliy temiryo‘l operatori (O‘TY) tomonidan O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga (O‘TTJ) 140 million dollar miqdorida kredit to‘lash muddatini besh yilga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Bundan tashqari, O‘TTJ zimmasiga O‘TY bilan yaqin hamkorlik aloqalariga ega xususiy logistika kompaniyalariga yuk tashish uchun xususiy sektor tizimini qurishga 150 million AQSH dollari miqdorida kredit berish yuklatildi. Kredit muddatini kechiktirish hukumatning kredit berishda davom etishini anglatadi, bu bozorga asoslangan kreditlash amaliyoti maqsadiga zid sanaladi. Hukumat O‘TYning noasosiy aktivlaridan voz kechishni maqsad qilgan, ammo xususiy sektor manfaatlari noaniq.

Iyun oyida davlatning Ipoteka bankdagi 73,7 foiz oddiy aksiyalari sotilganidan so‘ng, hukumat yana ikkita yirik kreditorning nazorat paketlarini sotish muddatini uzaytirdi. Bu qadamlar banklarni xususiylashtirishning ilk davi qiyin bo‘lishi, chunki biznes modelini o‘zgartirish hali davom etayotgani haqida Fitch’ning prognozlarini mustahkamlaydi. Mintaqada davom etayotgan geosiyosiy noaniqlik ham investorlarning kayfiyatiga ta’sir qiladi, bu esa xususiylashtirishni kechiktirishi mumkin.

Fitch mutaxassislari, shuningdek, hukumatning bank sektorini rivojlantirish uchun subsidiyalangan kredit berish amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish muddati uzaytirildi, degan fikrda. Bu yaqinda qabul qilingan “Qishloq qurilish bank” davlat kapitalini kiritish orqali kichik biznesni bozordan past stavkalarda uzoq muddatli moliyalashtirishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan siyosat instituti sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida yaqqol ko‘rinib turibdi. Ammo bu siyosiy darajadan yuqoriroq, bank sektorining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga ancha yaqinroq bo‘ladi.

2017-yildan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti va siyosatidagi islohotlar keng miqyosda va ahamiyatli bo‘ldi. Fitch iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishini keyingi islohotlar uchun kuchli mandat sifatida baholagandi. Potensial o‘sishni kuchaytirish va iqtisodiy nomutanosiblikni kamaytirishga yordam beradigan iqtisodiy islohotlarga qat’iy sodiqlik O‘zbekistonning “BB-” suveren reytingi uchun ijobiy o‘zgarishdir.

2024-yil may oyiga mo‘ljallangan energiya tariflarini isloh qilishning ikkinchi bosqichi islohot yo‘nalishini baholash uchun asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Fitch mutaxassislari hukumat Rossiyadan tabiiy gaz import qilish hajmini ko‘paytirib, o‘tgan qishdagi taqchillik takrorlanmasligi uchun energiya tarqatish tarmog‘ini kengaytirdi, degan fikrda.

Biroq ta’minot bilan bog‘liq muammolar dekabr oyida ham saqlanib qoldi, bir nechta gaz quyish shoxobchalaring ish vaqti cheklandi. Ta’minotdagi uzilishlarning oldini olish hukumatga chakana narxlarni oshiradigan tarif islohotlari uchun kengroq siyosiy maydon yaratib beradi. Hukumat energiya taqsimlash kompaniyalariga subsidiyalarni 2024-yilda taxminiy 18 trillion so‘mdan (YaIMning 1,8 foizi) 9,5 trillion so‘mgacha (0,8 foiz) kamaytirishni va 2027-yilgacha barcha tariflarni bosqichma-bosqich olib tashlashni rejalashtirmoqda. Fitch ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun turli xalqaro moliya institutlarining kuchli moliyaviy va texnik yordamini ijobiy baholaydi.

O‘zbekiston Markaziy bankining 5 foizlik rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichini qabul qilishni 2024-yil oxiridan 2025-yilning ikkinchi yarmiga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori tarif islohotlari davom etishidan dalolat berishi mumkin. Shu bilan birga, inflyatsiyani belgilangan maqsaddan past darajaga yetkazish fiskal konsolidatsiya darajasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fitch fiskal taqchillik 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,5 foizini, 2024-yilda esa 4,3 foizni tashkil etishini, bu esa o‘rta muddatli rejadan 3 foiz yuqori bo‘lishini taxmin qilmoqda. Ijtimoiy va subsidiya xarajatlari o‘sib bormoqda. Oktyabr oyida hukumat ipoteka kreditlarini subsidiyalash dasturini uzaytirdi hamda Kichik va o‘rta tadbirkorlik subsidiyali kredit dasturini ishga tushirdi. Ushbu chora-tadbirlarning fiskal xarajatlari sezilarli bo‘lmasa-da, bunday yo‘naltirilgan kreditlash pul-kredit siyosatini o‘tkazishga xalal berishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »