Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya Bosh prokuraturasi Rossiyaning 720 million yevrodan ortiq qiymatdagi aktivlarini musodara qilish bo‘yicha sudga murojaat qildi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Foto: Pexels

Gap Yevroittifoqning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Moskva birjasi sho‘ba korxonasining aktivlari haqida ketmoqda, deya tasdiqladi Bosh prokuratura. Aktivlar JP Morgan bankining filialida saqlanadi.

Mablag‘lar Germaniya davlat budjetiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu Rossiyaning Germaniyadagi aktivlarini birinchi marta musodara qilishga urinishdir. Avvalroq Germaniya rasmiylari faqat sanksiyalarga duchor bo‘lgan jismoniy shaxslar va kompaniyalarning mablag‘lari va aktivlarini muzlatib qo‘ygandi.

Da’voga sabab JP Morgan’dagi muzlatilgan hisob raqamlaridagi mablag‘larni yechib olishga urinish bo‘lgan. 2022-yil iyun oyida cheklov choralari e’lon qilingan kuni Moskva birjasi vakillari aktivlarini Milliy kliring markazi – Moskva birjasi bo‘limi – Kommersbankdagi hisob raqamlariga o‘tkazishga harakat qildi. Ikkala bank ham pul o‘tkazmasini amalga oshirishdan bosh tortdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »