Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiyaning Isigaki orolida noodatiy dizaynga ega bo‘lgan “Yer” (Earth) nomli villa qurildi. Uning ko‘rinishi aylana shaklda bo‘lib, tepa qismi katta bog‘ maydoniga ega.

Foto: Sou Fujimoto

Tom qismi o‘simliklar bilan qoplanganligi sababli, manzara fonida uni payqash qiyin. Bitta chiqish-kirish joyi va yana bir nechta detallar orqali oddiy tepalik emasligini anglash mumkin.

Bu “ko‘rinmas” uyning konsepsiyasi Yaponiyalik arxitektor Sou Fudzimotoga tegishli bo‘lib, bino mamlakatning Okinava prefekturasining janubiy-g‘arbidagi 9900 kvadrat metr maydonda joylashgan.

Villa tom qismidagi bog‘dan tashqari okean oldida joylashganligi bilan ham ajratib turadi. Bundan tashqari, uyda sauna, basseyn, sport zali va yashash uchun barcha qulay sharoitlar bor.

Foto: Sou Fujimoto

Uyning har bir joyi tashqi ko‘rinishidan tortib, ichki qismiga qadar quvonch va qulaylik tuyg‘ularini uyg‘otish uchun yaratilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »