Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy ikki haftadan ortiq vaqt davomida qayerda ekani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Rus muxolifatchisi Kira Yarmish siyosatchining “g‘oyib bo‘lishiga” Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘i sabab bo‘lganini aytmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: AFP

Muxolifatchi ilgari ushlab turilgan Vladimir viloyatidagi IK-6 punktidan boshqa koloniyaga ko‘chirilgani ma’lum qilingan. Shuningdek, Navalniy video aloqa orqali chiqishi kerak bo‘lgan sud majlislarida ham qatnashmayapti. Kira Yarmish rossiyalik siyosatchining qayerda ekanligi haqidagi har qanday ma’lumot uchun mukofot e’lon qilinganini aytdi.

“Bizga ishonchli ma’lumot beradigan har bir kishiga mukofot va’da qildik. Kimdir bizga ma’lumot berishi mumkinligiga umid qilmoqdamiz. Ko‘pincha, mahbusni ko‘chirishda, boshqa mahbuslar hech bo‘lmaganda nimanidir payqaydi. Bunga guvoh bo‘lgan ayrim qo‘riqchilar ham topiladi”, — deydi u.

Yarmishning so‘zlariga ko‘ra, qonuniy ravishda Rossiyada mahbusni bir qamoqxonadan boshqasiga o‘tkazish uchun qancha vaqt ketishi mumkinligi haqida hech qanday cheklovlar yo‘q. Uning fikricha, Rossiya hukumati prezidentlik saylovlari arafasida Navalniyni ataylab izolyatsiya qilmoqda.

“Bu vaqt ichida u bilan hamma narsa yuz berishi mumkin. Endi Navalniy uni uch yil oldin o‘ldirmoqchi bo‘lgan odamlarning nazorati ostida. Kreml bu vaqt ichida Aleksey hech qanday bayonot berishini xohlamaydi. Shuning uchun Alekseyni qayergadir olib ketish buyrug‘ini Putin berganiga aminman”, — deydi Kira Yarmish.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy koloniyada jazo o‘tayotgan vaqtda Rossiyadagi prezidentlik saylovlarda Putinning partiyasiga qarshi har qanday nomzodga ovoz berishni bir necha bor ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »