Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning o‘z vatanlariga ixtiyoriy ravishda qaytishini osonlashtirish bo‘yicha yangi nizom ishlab chiqdi. Boshpana berish rad etilganlar 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda uylariga qaytsalar, ularga 5300 yevro to‘lanadi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, to‘lovni olish uchun migrantlar 30 kun ichida ariza topshirishlari kerak. Agar ariza keyinroq topshirilsa, to‘lov 2000 yevro bo‘ladi. Yangi reglament 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Foto: Google Images

Ichki ishlar vazirligining tushuntirishicha, ushbu qaror bilan o‘z vataniga ixtiyoriy ravishda qaytishni istovchilarga yordam berish tizimi soddalashtirilgan. Hujjatning avvalgi tahririda to‘lovlar miqdori migrantning kelib chiqish mamlakatiga bog‘liq edi. Endi esa to‘lovlar miqdori hamma uchun bir xil bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, agar qochqinlar Yevropa Ittifoqining boshqa davlatiga yoki vizaga muhtoj bo‘lmagan davlatga ko‘chib o‘tadigan bo‘lishsa, to‘lov amalga oshirilmaydi.

“Vatanga qaytishda ixtiyoriy yordam transport xarajatlari va reintegratsiyani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

2023-yilning yanvar—noyabr oylarida Yevropa bo‘ylab chegarani noqonuniy kesib o‘tishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshib, 355 mingtaga yetdi. Bu 2016-yildan buyon maksimal ko‘rsatkichdir.

Migrantlar oqimi fonida 28-noyabr kuni Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi barcha o‘tish punktlari yopilganini e’lon qildi. 14-dekabr kuni ikkita nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati tiklangan bo‘lsa-da, biroq ular o‘sha kuniyoq yana yopilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »