Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, NATOga a’zo bo‘lishdan oldin Rossiyaning Finlyandiya bilan hech qanday muammosi bo‘lmaganini aytib, endi Leningrad harbiy okrugi tuzilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “RBK”
“Finlyandiya bilan qandaydir munozara bormidi? Barcha nizolar, jumladan, hududiy xarakterdagi XX asr o‘rtalaridagi nizolar ham ancha oldin hal qilingan. Hech qanday muammo yo‘q edi. Endi bo‘ladi. Chunki endi Leningrad harbiy okrugini tuzamiz va u yerda muayyan harbiy qismlarni jamlaymiz. Bu ularga nima uchun kerak edi, shunchaki bema’nilik”, — dedi Putin. 

Shu bilan birga, Putin “Rossiyaning NATO davlatlari bilan jang qilish uchun na geosiyosiy, na iqtisodiy, na harbiy sababi borligini aytib, manfaatdor emasligini” taʼkidladi.

“Ular bilan hududiy da’volarimiz yo‘q, munosabatlarni buzishni xohlamaymiz”, — dedi u.

AQSH rasmiylari “NATO xo‘jayinlari” sifatida buni tushunmay qolishi mumkin, dedi Putin. Shuningdek, u Jo Baydenning Putin “Ukrainada g‘alaba qozonsa”, Rossiya NATOga hujum qilishi mumkinligi haqidagi bayonotini “butunlay safsata” deb atadi.

“O‘ylaymanki, prezident Bayden buni tushunadi. Bu ularning Rossiya yo‘nalishidagi noto‘g‘ri siyosatini oqlash uchun uchun qilingan bayonot”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »