Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressni Ukrainaga harbiy yordam uchun 60 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni maʼqullashga chaqirdi. U Rossiya urushda g‘alaba qozonsa, janglar NATO davlatlarini ham qamrab olishini aytdi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Foto: AFP

U o‘z nutqida G7 bilan uchrashuv o‘tkazgani, unda Ukrainaga yordam berish masalasi muhokama qilinganini taʼkidladi. Ular kelajakda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlarda kim bundan voz kechishga tayyor? Men sizga aytyapman, men tayyor emasman va Amerika xalqi ham shunday deb o‘ylamayman. Agar Putin Ukrainani egallab olsa, u bu bilan to‘xtamaydi. U davom etadi. Agar Putin NATO ittifoqchisiga hujum qilsa, NATO aʼzosi sifatida biz alyans hududining har bir qarichini himoya qilishni o‘z zimmamizga olganmiz. Shunda biz intilmayotgan va bizda yo‘q narsaga ega bo‘lamiz: Amerika qo‘shinlari rus qo‘shinlariga qarshi kurashadi”, — dedi siyosatchi.

Bayden mazkur ovoz berish jarayoni uzoq vaqt esda qolinishini ta’kidladi. U “ozodlik yo‘lidan yuz o‘girganlarni tarix qattiq hukm qilishini” ta’kidladi.

“Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Takrorlayman: Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bu bizning milliy manfaatlarimiz va barcha do‘stlarimizning xalqaro manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimizdagi har qanday to‘siq Putinning pozitsiyasini mustahkamlaydi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »