Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun (14-dekabr) yil yakunlarini sarhisob qilar ekan, “ruslar va ukrainlar bir xalq” ekanini aytib, Ukrainaning Odessasini “Rossiya shahri” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”
“Asosan ruslar va ukrainlar bir xalq va hozir sodir bo‘layotgan narsa, birodarlar o‘rtasidagi fuqarolar urushiga o‘xshash katta fojiadir, aka-uka qarama-qarshi tomonlarda”, — dedi Putin.

Shuningdek, u Ukraina janubidagi shaharni ruslarniki deb ham atagan.

“Odessa, umuman, Rossiya shahri, biz buni bilamiz”, — dedi u. Bundan tashqari, Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududlarining janubi-sharqiy qismi hamisha rossiyaparast bo‘lib kelgan va na Qrim, na Qora dengiz mintaqasining Ukrainaga hech qanday aloqasi yo‘q.

“Qrimning ham, Qora dengiz mintaqasining ham bunga aloqasi yo‘q..., ular har xil tarixiy bema’niliklarni o‘ylab topishgan”, — dedi u va bu hududlarni Vladimir Lenin Ukrainaga o‘tkazganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukrainadagi “maxsus harbiy zonada” 600 mingdan ortiq rus harbiysi borligini aytdi.

“Xizmatga chaqirilgan yigitlar yaxshi jang qilmoqdalar, safarbar qilinganlar orasidan 14 nafari Rossiya qahramonlari, ‘maxsus harbiy zonada’ 244 ming kishi bor”, — dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, Ukrainaning quruqlikdagi kuchlari soni hozirda 600 ming kishini tashkil qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »