Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moldovalik biznesmen va siyosatchi, “Bizning partiya” partiyasi raisi Renato Usatiy Vladimir Putinga murojaat qilib, o‘zini Rossiya fuqarolikdan mahrum etishni so‘radi.

Foto: TASS
Siz [Vladimir Putin] mening iltimosimga binoan xizmatlar evaziga minnatdorchilik sifatida 2018-yil boshida Rossiya prezidentining maxfiy qarori bilan ota-onamga fuqarolik bergan edingiz. 2018-yilda sodir bo‘lgan ishlar uchun rahmat demoqchiman, lekin bugun mening boshqa variantim yo‘q. Men va ota-onam o‘z xalqiga qarshi ochiq terrorni boshlagan davlatning fuqarosi bo‘lib qolishni istamaymiz, — deydi Usatiy.

Bir necha kun oldin Usatiy 2024-yili Moldovada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

Rossiyada Usatiy 2020-yil iyunda qidiruvga berilgan. O‘sha yilning aprelida unga Rossiyadan pul mablag‘larini noqonuniy olib chiqib ketishda sirtdan ayblov qo‘yilgan. Tergovchilarga ko‘ra, Usatiy a’zo bo‘lgan jinoiy guruh BC Moldindconbank S.A. banki orqali Rossiyadan 500 milliard rubldan ortiq mablag‘ni olib chiqib ketgan.

Usatiyning o‘zi mazkur jinoiy ish uning siyosiy faoliyati bilan bog‘liqligi, shu orqali uni parlament yoki prezidentlik saylovlarida ishtirokini ta’qiqlashmoqchi ekani haqida aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »