Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlik saylovlari uchun federal budjetdan 33 milliard 233,8 million rubl (367 million 743 ming dollar) tushdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Komissiyaning budjet mablag‘larini taqsimlash to‘g‘risidagi qarorda ajratilgan mablag‘ning 32 milliard 846,7 million rubli (366 million dollardan ortiq) quyi saylov komissiyalariga yuborilishi yozilgan. Bundan tashqari, 170 million rubl (1 million 894 ming dollar) saylovchilarni ro‘yxatga olish va hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari o‘rtasida taqsimlanadi. MSKda prezidentlik saylovoldi kampaniyasi davrida o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun 217,1 million rubl (2 million 419 ming dollar) qoladi.

  • Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024-yil 15–17-mart kunlari (uch kun) bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham o‘z nomzodini qo‘yishini aytdi
  • 12-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida — o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida ham saylov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »