Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda 2024-yilgi prezident saylovini uch kun davomida: 15—17-mart kunlari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: “Federal press”

Markaziy saylov komissiyasining 13 a’zosi qarorni “yoqlab”, bir kishi “qarshi” ovoz berdi, deb ma’lum qildi MSK rahbari Ella Pamfilova.

“Uch kunlik ovoz berish bizning saylov tizimimiz uchun allaqachon an’anaga aylangan. U dastlab saylovchilar xavfsizligini taʼminlash uchun pandemiya davrida qo‘llangan, biroq vaqt o‘tishi bilan bu format o‘zining boshqa afzalliklari tufayli ko‘pchilik saylovchilarga manzur bo‘ldi”, — dedi Pamfilova.

Ukraina bilan chegaradosh Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida hamda Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida Markaziy saylov komissiyasi ikkita “qo‘shimcha ovoz berish formati”ni qo‘llamoqchi. Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, formatlardan biri bu mahallalarda va saylov uchastkalaridan tashqari boshqa joylarda ovoz berishdir. Ikkinchisi – “aholi punktlarida va saylov uchun binolar mavjud bo‘lmagan, transport aloqasi qiyin joylarda yashovchi saylovchilar tomonidan ovoz berish”, dedi Markaziy saylov komissiyasi rahbari.

Shu bilan birga, Pamfilovaning ta’kidlashicha, “Rossiya Federatsiyasining qayta birlashtirilgan subyektlari”da ovoz berish “qanchalik maqsadga muvofiq va mumkin” ekani hali hal qilinmagan, tegishli qaror 12-dekabrgacha qabul qilinishi kerak.

7-dekabr kuni Federatsiya kengashi navbatdagi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin yana o‘z nomzodini qo‘yish niyati haqida hali rasman ma’lum qilgani yo‘q.

Muxolifat, kuzatuvchilar va saylov komissiyasi a’zolarining tanqidiga qaramay, Rossiyada 2020-yilning iyul oyida saylov va referendumlarda uch kun ichida ovoz berishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilingan edi. 2021-yil sentabr oyida Davlat Dumasining yangi chaqirig‘i saylovlari uchun, 2022-yil sentyabrda esa mintaqaviy va mahalliy saylovlar uchun uch kunlik ovoz berish muddati o‘tkazildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »