Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tergov izolyatirida saqlanayotgan Igor Strelkov (Girkin) o‘z sheriklarini Rossiyada kelasi yili bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzodini ko‘rsatish kampaniyasini boshlashga chaqirdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Reuters

Strelkovning Telegram-kanalida “Men saylovga boraman” yozuvli posti paydo bo‘ldi.

“Men hech qachon hozirgi hukumat tomonidan tashkil etilgan simulyakrda (aslida mavjud bo'lmagan narsaning nusxasi) qatnashmaganman va mening pozitsiyamni hamma yaxshi biladi. Ammo hozir maxsus harbiy operatsiya deb ataluvchi qiyin jarayon kechmoqda va firibgarlar nomzodlikka urinish haqiqatidan qo‘rqadi. Mening nomzodim ularning hozirgi hukumat tomonidan tayyorlangan "yigitlar" bilan soxta saylovlar o‘tkazish rejalarini buzishi mumkin”, — dedi u.

Igor Strelkov tergov izolyatoridan yozgan maktubida uning nomzodi uchun imzo to‘playdigan tashabbus guruhini tuzishni so‘ragan. U “Rossiyaning barcha vatanparvar kuchlarini, jamoat va siyosiy tashkilotlarini” uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, bu “tashqi va ichki tahdidlarga qarshi birlashish imkoniyati” ekanini ta’kidlagan.

  • 2023-yilning iyul oyidan beri Strelkov o‘zining Telegram kanalidagi postlari tufayli ekstremizmga da’vat qilishda ayblanib, izolyatorda saqlanmoqda. Agar sud uni qamoq jazosiga hukm qilsa, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, u saylovda qatnasha olmaydi.
  • Strelkov avvalroq xalqaro Gaaga sudi tomonidan 2014-yilda 298 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Malasia Airlines MH17 reysiga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgani uchun sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Igor Strelkov 2014-yilda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qo‘shinlariga rahbarlik qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »