Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 18-turida “Manchester Yunayted” 23-dekabr, shanba kuni “Vest Hem” mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar hisobni ochdi. 72-daqiqada Jarred Bouen o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Muhammad Kudus hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va mankunianliklar navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

“Qizil iblislar” 28 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Bugungi bahsda g‘alaba qozongan “Vest Hem” esa ochkolarini 30 taga yetkazdi va 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.


APL

18-tur

23-dekabr, shanba

“Vest Hem” — “Manchester Yunayted” 2:0

Gollar: 1:0 – 72 Bouen, 2:0 – 78 Kudus.

“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Zuma, Mavropanos, Emerson, Fornals, Uord-Prouz, Souchek, Lukas Paketa, Alvares, Kudus, Bouen.

“Manchester Yunayted”: Onana, Uan-Bissaka, Evans, Kambvala (Regilon, 84), Shou, Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu, Antoni (Pelistri, 73), Garnacho (Eriksen, 85), Heylund (Reshford, 57).

Ogohlantirishlar: Kudus (43), Evans (45), Brunu Fernandesh (51), Lukas Paketa (74).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »