Milliy sport mukofoti-2023. Sport sohasida yilning eng yaxshilari taqdirlandi
O‘zbekiston sportida eng yaxshilarni taqdirlash uchun “Milliy sport mukofoti-2023” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida yil davomi faol ishlagan quyidagi sport maktablari taqdirlandi:
Eng yaxshi sport maktablari:
1. Navoiy shahar 1-son sport maktabi;
2. Buxoro tuman sport maktabi;
3. Xonqa tumani sport maktabi;
4. Mirobod tumani 1-son sport maktabi.
Eng yaxshi ixtisoslashtirilgan sport maktablari:
1. Samarqand viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
2. Farg‘ona viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
3. Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
4. Namangan viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
Tadbirning birinchi blokidan joy olgan nominatsiyalarning g‘oliblari bilan tanishing:
Yil kashfiyoti: Ziyodaxon Abdusattorova (kamondan otish);
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulistan Perdibayeva (qilichbozlik);
Yuksalayotgan federatsiya: O‘zbekiston Rowing&Сanoe federatsiyasi;
Yilning eng yaxshi hakami: Dmitriy Kim (taekvondo WT);
Navbatdagi nominatsiyalarning g‘oliblari bilan tanishing:
Yilning eng yaxshi sport shifokori: Sardor Parpiyev (MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokori);
Yilning eng yaxshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi;
Yilning eng yaxshi sport fotografi: Anvar Ilyasov (“Dunyo” AA fotografi);
Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Gulnoza Ahmadaliyeva (Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori);
Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
Yilning eng faol sport jamiyati: O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sport jamiyati.
Uchinchi blokdan joy olgan quyidagi nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi:
Yilning eng faol sport blogeri: Farruh Muhiddinov (“Bugun sport” instablogi asoschisi);
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Abduaziz Qurbonov “SPORT” teleradiokanali muxbiri;
Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun: “Navoiy KMK” AJ;
Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun (xususiy sektor): “BeFit” jamoasi.
To‘rtinchi blok Paralimpiya sportiga bag‘ishlandi:
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Shaxina Yigitaliyeva (para yengil atletika);
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Dilshod Yo‘ldoshev (para kanoe);
Yilning eng yaxshi para sport klubi: Suv sporti turlari klubi;
Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
Paralimpiya harakatini qo‘llab quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun: “Olmaliq KMK” AJ.