Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Donetsk viloyatidagi Marinka shahri endi yo‘qligini aytdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: AP Photo

Rossiya Marinkani to‘liq qo‘lga olganini izohlar ekan, Zalujniy Ukraina qo‘shinlari shahardan chekinganini ma’lum qildi.

“Kuchimiz yetganicha, himoya qilamiz. Ammo odamlarni qutqarish yaxshiroq ekanini tushunsak, unda (shaharni — “Daryo” tahriri) keyinroq qaytarib olamiz”, — dedi Zalujniy.

U muayyan aholi punkti yo‘qolganligi sababli “shou yoki motam” qilishning hojati yo‘qligi, chunki Ukraina uchun birinchi navbatda odamlar muhimligini ta’kidladi. Avdeyevka va Baxmutdagi vaziyatni tushuntirar ekan, Zalujniy quyidagilarni aytdi:

“Har bir yer biz uchun aziz, qanchalik kuchimiz yetsa, shuncha himoya qilamiz. Agar kuch yetmasa, odamlarni qutqaramiz, keyin uni qaytarib olamiz. Ruslar Avdeyevkani 2-3 oyda qo‘lga kiritishlari mumkin”.

25-dekabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rus armiyasi Marinkani to‘liq egallab olganini ma’lum qilgandi. Ukraina Qurolli kuchlari esa shahar uchun janglar davom etayotganini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »