Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina G‘arb ittifoqchilari bilan kelishmovchiliklar tufayli qarshi hujum paytida sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: Getty Images

Jurnalistlar Ukraina, AQSH, Yevropa davlatlari va Rossiyadan 30 dan ortiq yuqori martabali amaldorlar, shuningdek, frontda jang qilayotgan 20 dan ortiq zobit va askarlar bilan suhbatlashdi. Ularga ko‘ra, Amerika, Britaniya va Ukraina harbiylari kampaniya rejasini tuzish uchun xaritalarda sakkizta modellashtirilgan harbiy urush o‘yinlarini o‘tkazgan. Ammo bir nuqtada Amerika va Ukraina harbiylari o‘rtasida taktika va strategiya masalalarida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Pentagon Rossiya qo‘shinlari mudofaa chizig‘ini mustahkamlashga ulgurmasligi uchun ukrainlarga imkon qadar tezroq hujumga o‘tishni tavsiya qilgan. Biroq Ukraina qo‘mondonligi ko‘proq qurol olish va qo‘shinlarga mashq qilish uchun ko‘proq vaqt berish maqsadida hujumni keyinroq boshlashga turib olgan.

Qo‘shma Shtatlar kuchlarni bir yo‘nalishda to‘plash orqali Rossiya mudofaasini yorib o‘tish imkoniyatiga ishongan. Ular janubda Azov dengiziga tezda yetib borishga yordam beradigan bitta kuchli zarba berishni talab qilgan. Ammo Ukraina nafaqat janubda, balki Baxmut hududida ham birdaniga uch yo‘nalishda zarba berishni tanlagan.

Hujum boshlangandan so‘ng, Ukraina qo‘mondonligi katta yo‘qotishlardan qo‘rqib, hal qiluvchi muvaffaqiyatga urinishni amalga oshirishga jur’at eta olmagan. AQSH razvedkasi hujumning muvaffaqiyat qozonish ehtimolini taxminan 50-50 deb baholagan.

Maqolada aytilishicha, Ukraina qo‘mondonligi tomonidan qabul qilingan aksariyat qarorlar ortida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy turgan. Shu bilan birga, uning Baxmut uchun kurashish zarurligi haqidagi qarorlarini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »