Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni chetlab o‘tib, ayrim qo‘mondonlar bilan muzokara olib bormoqda. Bu Zalujniyga butun armiyaga qo‘mondonlik qilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

“Ukrainskaya pravda” nashri Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida noyabr oyining boshidan buyon rivojlanib borayotgan ehtimoliy konfliktni o‘rganib chiqib, maqola chop etdi. Ukraina prezidenti va uning ofisi Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni bilan keskinlik mavjudligini rad etadi.

Ba’zida Zelenskiy ikki turdagi Qurolli kuchlarga ega degan taassurot paydo bo‘ladi: ‘yaxshi’ — Ukraina Qurolli kuchlari sharqiy qurolli kuchlari guruhi qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy qo‘mondonligidagilar va ‘yomon’ — Zalujniyga bo‘ysunadiganlar. Bu bosh qo‘mondonni juda zaiflashtiradi va eng muhimi, uni butun armiyaga qo‘mondonlik qilishiga to‘sqinlik qiladi”, — deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.

“Ukrainskaya pravda” manbalariga ko‘ra, Zelenskiy Zalujniyni chetlab o‘tuvchi turli xil harbiy bo‘linmalar qo‘mondonlari bilan muloqot qilish uchun “parallel yo‘llar”ni yaratgan. Qo‘mondonlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa Zelenskiyning ishini tezlashtiradi, lekin Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni ishini beqarorlashtiradi, u o‘zining rasmiy qo‘l ostidagilaridan ba’zi ma’lumotlarni bilib oladi, deb ta’kidlaydi nashr. 

Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga misol tariqasida harbiy komissarlarning ishdan bo‘shatilishi keltirib o‘tiladi. Bu safarbarlik rejalarining buzilishiga, bir qancha qo‘mondonlarning ishdan bo‘shatilishiga olib kelishi mumkin edi.

“Ularning ishdan bo‘shatilishi qo‘mondonlik vertikaliga beqarorlik kiritadi”, — deyiladi xabarda.

Ammo prezident va Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rtasidagi ziddiyat asosan janubda qarshi hujum boshlanganidan keyin kuchaydi.

Noyabr oyi boshida Zalujniy Economist jurnaliga yozgan maqolasida Ukraina — Rossiya urushi “tinkani qurituvchi” bosqichga o‘tayotganini aytgandi. Ukraina prezidenti esa ochiqchasiga uning fikriga qo‘shilmagan. Keyinroq, Britaniyaning Sun gazetasiga bergan intervyusida Zelenskiy siyosat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan harbiylar “urushga aralashmasliklari” kerakligini aytgan.

The Economist gazetasi xandaq urushining dahshatli haqiqati bilan bir qatorda Kiyevdagi “siyosiy jang maydoni” tobora keskinlashib borayotgani, Zelenskiy Zalujniyda raqibni ko‘rayotgani, siyosiy tortishuvlar Ukrainaga zarar yetkazishini yozgandi.

Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi ziddiyatning tabiati urush va siyosatning aralashuvidan kelib chiqadi. Zelenskiy armiya rahbariyatiga siyosat elementlarini, ya’ni Zalujniyning mas’uliyat sohasini olib keldi. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘z xohishisiz siyosiy jarayonga kirishdi.

Rossiyaning hujumidan oldin va boshida Zelenskiy rasmiy bosh qo‘mondon sifatida, masalan, yo‘llar qurish yoki oligarxlarga qarshi kurashdan ko‘ra, harbiy mavzularga kamroq e’tibor bergan. Biroq, urushning ikki yilida Zelenskiy oliy qo‘mondon sifatida harbiy rejalashtirish va qo‘mondonlik bilan shug‘ullana boshladi.

“Zelenskiyning ofisi Zalujniyning iste’foga ketishi imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, biroq bu Ukraina prezidentining karyerasiga ta’sir qilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »