Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainada qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Zelenskiyni osish taklif qilindi. Taklif Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin tomonidan ilgari surildi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari bir hafta ichida Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishi kerak, aks holda qarshi hujum Ukraina bo‘ylab katta yo‘qotish va noroziliklarga sabab bo‘ladi.

Bunday holda Zelenskiy va butun Ukraina hukumati maydonda osib qo‘yilishi kerak, deydi Soskin.

“Zelenskiy, uning xotini, Ukraina prezidenti ofisi rahbari Yermak , mudofaa vaziri Reznikov, bosh vazir Shmigal, Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Podolyak, general Zalujniy, general-polkovnik Sirskiy, general-leytenant Nayevlarga sirtmoq solinadi, taglaridagi stulni kimdir itarib yuboradi. Balki, bu qarindoshlari bo‘lar”, — degan u.

Shuningdek, Soskin G‘arb davlatlari Ukrainani NATO va Yevropa Ittifoqiga qabul qilishdan bosh tortib, uning orqasiga pichoq sanchganini aytdi. 

“Ittifoqchilar Ukrainani to‘liq taslim qildi. Endi NATOga, Yevropa Ittifoqiga qabul qilishmaydi”, — dedi u.

Soskin G‘arb davlatlari yozgacha Ukrainaga moliyaviy yordam berishdan bosh tortishini aytdi. “Shunda Kiyev rasmiylari ukrainaliklarga oyiga 4-5 milliard dollar oladigan pensiya to‘lash uchun hech narsaga ega bo‘lmaydi”, — dedi Soskin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »