Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov harbiylarni qarshi hujumga tayyorlash yakuniy bosqichda ekanini aytdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi. 

Foto: UNIAN

“Mashg‘ulotlar o‘z nihoyasiga yetmoqda, chunki qurol-yarog‘ va harbiy texnikadan tashqari, harbiylarimiz ulardan qanday foydalanishni o‘zlashtirishi kerak. Biz juda zamonaviy tizimlarni oldik”, — dedi Reznikov.

Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari tank koalitsiyasidan tashqari, Ukraina tomoni hamon Abrams tanklarini kutayotganini eslatdi.

“Eslatib qo‘ymoqchimanki, tank koalitsiyasidan (Leopard, Challenger) tashqari, Abrams keyinroq yetkazib berilishini kutamiz. Abrams’dan mazkur qarshi hujumda foydalanilmaydi. Ammo ekipajlar allaqachon mashg‘ulotlarni o‘tashga ketgan”, — deydi u.

Shuningdek, u ularda ko‘p sonli turli zirhli texnikalar – bronetransportyorlar va piyoda askarlarning jangovar mashinalari mavjudligini qayd etdi.

“Bu Bradly, Marder, Stryker va Shvetsiyadan CV 90 ni o‘z ichiga oladi. Bulardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik kurslari tugallanmoqda”, — deya tushuntirdi Reznikov.

Ukraina mudofaa vaziri qarshi hujum haqida gapirar ekan, armiya “global ma’noda tayyor” ekanini ta’kidladi.

“Mavjud uskunalar e’lon qilindi, tayyorlangan va qisman yetkazib berilmoqda. Agar global ma’noda bo‘lsa, biz yuqori foizli rejimda tayyormiz”, — dedi u.

Reznikovning tushuntirishicha, Bosh shtab qarshi hujum boshlanadigan sana va joy to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »