Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat G‘arb davlatlaridan havo hujumidan mudofaa tizimlarini olishni juda xohlashini aytdi. Bu haqda u “RBK-Ukraina”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: “Ozodlik”

Reznikov Ukraina nashrlaridan biriga intervyu berib, osmon xavfsizligi “mamlakatning omon qolishi” garovi ekanini bildirdi. U mamlakat Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan qurollanganini eslatdi. Biroq ular uchun raketa zahiralari tugaganini qayd etdi. Shuning uchun Kiyev G‘arbdan yangilangan tizimni kutmoqda.

“Bizda Sovet tizimi mavjud, biroq ular uchun raketa zaxiralari tugamoqda. Agar ular Ukrainada ishlab chiqarilmasa, uning o‘rnini boshqa narsa bilan to‘ldirish kerak. Nima bilan? G‘arb havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan”, — dedi u.

Ukraina mudofaa vaziri mamlakatga qanday havo hujumidan mudofaa tizimlari kerakligi haqidagi masala “allaqachon prinsipial jihatdan hal etilgan”ini aytdi.  

“Havo hujumidan mudofaa birinchi darajali ustuvor vazifa bo‘lib qoladi, chunki bu butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik garovidir”, — deydi Reznikov.

Ukraina havo hududi ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkin

Ukraina harbiylari mamlakat havo hududi ustidan nazoratni yo‘qotish xavfi ostida. Ukrainada havo hujumiga qarshi o‘q-dorilar shunchalik kamligi keltirildiki, bu kelasi oyning boshida Ukrainaning havo nazoratini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

Rossiya allaqachon Ukrainaga havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkazib berishning qisqarishiga e’tibor qaratgan. Ukrainalik harbiylar Rossiya aviatexnikalarini to‘xtata olmasligidan xavotirlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »