Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olti haftalik qattiq qarshilikdan so‘ng, Ukraina armiyasi Avdeyevkaning birinchi tumanidan chekindi. Rus qo‘shinlari shaharga taxminan bir kilometr chuqurroq kirib bordi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Ukraina qo‘shinlari sanoat zonasini tark etmoqda

Rossiya armiyasining dronlari tomonidan olingan videotasvirlarda 50 ga yaqin ukrainalik askarlar sanoat hududini va yaqin atrofdagi qishloqni tark etib, g‘arbga qarab ketayotganini ko‘rish mumkin. Ayni paytda ular Ukraina qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan bir necha daqiqa o‘tib Avdeyevkaning janubiy qismida pozitsiyalarini egallagan rus tanklari va piyoda askarlari tomonidan qattiq o‘qqa tutilgan.

Sanoat zonasini yo‘qotish og‘riqli bo‘lishi mumkin. Sababi 2014-yil Ukraina bu yerda o‘zining ilg‘or pozitsiyalarini yaratgan va shundan beri ularni kengaytirishda davom etmoqda.

Ukraina armiyasining ta’kidlashicha, “harbiylar jangovarlar safda turib, bosqinchi kuchlarga katta talofat yetkazmoqda”. Biroq, bu bayonotlar yaqin vaqtgacha hali ham Ukraina nazorati ostida bo‘lgan sanoat zonasining g‘arbiy qismida Rossiya T-80 tanklarini ko‘rsatadigan rus dronlari tomonidan olingan tasvirlarga zid keladi.

O‘n kilometr shimolda, Avdeyevkaning narigi uchida, Ukraina uchun vaziyat yaxshiroq. Bu yerda ham rus qo‘shinlari shahar chegaralarigacha oldinga siljigan. Biroq, 47-brigadaning yangi bo‘linmalari Bradley jangovar mashinalari yordamida ularni katta yo‘qotishlarga yuzlashtirdi. Bu Rossiya harbiylarining bir necha yuz metr orqaga chekinishiga olib keldi.

Biroq, kuzatuvchilar Baxmutning taqdiri Avdeyevkada takrorlanishi mumkinligini taxmin qilmoqda. O‘shanda 11 oylik og‘ir janglardan so‘ng, rus qo‘shinlari may oyida Baxmutdagi aholi punktini egallaganini e’lon qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »