Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina korxonalari urush va sanksiyalarga qaramay, Rossiyaning aviatexnikasini butlovchi qismlar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Bu haqda “Vajniye istorii” jurnalistlari xabar berdi.

Foto: TASS

Ma’lum qilinishicha, urush paytida Rossiyaning “Avia FED Servis” kompaniyasi Rossiya samolyotsozlik sanoatini kamida 650 million rubllik (7 million 280 ming dollarlik) ehtiyot qismlar bilan ta’minlagan. Ularning aksariyati, ya’ni 370 millioni (4 million 144 ming dollar) Ukrainadan kelgan.

Kompaniya qiymati qariyb 120 million rubllik (1 mln 344 ming dollar) An-124 samolyotlari uchun butlovchi qismlarni, qiymati 67 million rubldan ortiq (750 ming 448 dollar) Ka-32 vertolyotlarining lokatsion stansiyalari va An-24, An-12 dvigatellari uchun ehtiyot qismlarni, shuningdek, Ukrainaning boshqa korxonalaridan taxminan 170 million rubllik (1 million 1 904 ming dollar) qismlarni eksport qilgan.

Bundan tashqari, kompaniya Fransiya, AQSH va Buyuk Britaniyadan tovarlar sotib olgan. Rossiyaning “Avia FED Servis” kompaniyasi 1993-yilda Xarkov FED zavodining vakolatxonasi sifatida tashkil etilgan. Kompaniyaning hozirgi direktori Aleksandr Reshetnik Luganskdan bo‘lib, oliy ma’lumotni Xarkovda olgan, uning shaxsiy veb-saytida FED zavodi xodimlari bilan fotosuratlar mavjud.

Rossiya davlat xaridlari reyestriga ko‘ra, “Avia FED” mijozlari asosan Rossiya Mudofaa vazirligi, “Rostex” davlat korporatsiyasi korxonalari va prezidentning maxsus “Rossiya” parvoz otryadidir.

Donbassda urush boshlanganidan so‘ng, FED zavodi Rossiyaga barcha yetkazib berishni rasman to‘xtatib, sotuvning 70 foizini yo‘qotgan. 2018-yilda esa “Avia FED” kompaniyasining o‘zi Ukraina sanksiyalari ostida qolgandi. Shu sababli 2022 va 2023-yillarda u Ukrainadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Linker kompaniyasi orqali yetkazib berishni amalga oshirgan.

Linker egasi Aleksey Palchik Rossiyaga yetkazib berishda ishtirok etmasligini aytdi. “Avia FED” xizmati direktori Aleksandr Reshetnik jurnalistlarga urushdan keyin Rossiyaga yetkazib berilgan Ukraina zavodlarining mahsulotlari 2020-2021 yillarda sotib olinganini va shunchaki “chet elda yotganini” bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »