Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina havo kuchlari bugun 25-noyabrga o‘tar kechasi mamlakat hududiga rekord darajadagi kamikadze dronlari zarba berganini ma’lum qildi, deb yozadi “Strana.ua”.

Xususan, Kiyev, Dnepropetrovsk va Nikolaev viloyatlari rasmiylari dron hujumi haqida xabar bergan.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning Telegram’da xabar berishicha, poytaxt uzra urib tushirilgan dronlarning qoldiqlari Goloseevskiy tumanidagi to‘rt qavatli turar joy binosi, Dneprovskiydagi ko‘p qavatli uyning yuqori qavati zinapoyasiga tushgan. 

Foto: Kommersant.ru

Klichkoning aniqlik kiritishicha, ikki ayol Solomenskiy tumanida vayron bo‘lgan uyning ikkinchi qavatida qolib ketgan. Shahar hokimi, shuningdek, dronlar hujumi natijasida 11 yoshli bola jarohatlanganini aytdi. Keyinroq u Solomenskiy tumanida ikki nafar inson qurbon bo‘lganini ma’lum qildi.

Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondoni Sergey Naevning Telegram’da ma’lum qilishicha, bugun Ukrainaning Shimoliy hududida jami 55 ta dron yo‘q qilingan. Unga ko‘ra, yettita dron Sumi yo‘nalishida, to‘rttasi Chernigov yo‘nalishida va 17 tasi Kiyev yo‘nalishida urib tushirilgan.

Shu bilan birga, Kiyev harbiy ma’muriyati bugungi dronlar hujumi jangovar harakatlar boshlanganidan beri eng ommaviy hujum bo‘lganini, shahar uzra 50 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Ukraina Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Kiyev markazida hujum natijasida 77 ta turar-joy binosi va 120 ta muassasa elektr ta’minotisiz qolgan.

Rossiya rasmiylarining bildirishicha, maxsus operatsiya doirasida hujumlar faqat harbiy infratuzilma va harbiy maqsadlarda foydalaniladigan obyektlarga nisbatan amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »