Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Kiyevga urushda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan qurol va o‘q-dorilarni yetkazib bermasa, Ukraina beixtiyor Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga kirishish xavfi bor. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergisga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: AFP

Litvalik diplomat Kiyevning raketa tizimlari va o‘q-dorilarining yetishmasligi, shuningdek, Yevroittifoqda qaror qabul qilish jarayoni cho‘zilishi Ukrainani tinchlik so‘rashdan boshqa chorasi qolmaydigan holatga keltirishi mumkinligini aytdi. Gabrielius Landsbergis “bu Ukrainaning tanlovi bo‘lmasligini” ta’kidladi.

“Biz bilgan Ukraina va biz nafas olar ekanmiz yordam beradigan Ukraina hech qachon terrorchilar bilan muzokaralar olib bormaydi. Lekin reallik shunday bo‘lishi mumkin”, — dedi Landsbergis.

U AQSH yordami respublikachilar tomonidan to‘sib qo‘yilgani va Yevroittifoq Ukainani yetarlicha o‘q-dorilar bilan ta’minlay olmayotganidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi. 

“KXDR Rossiyaga Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam bergandan ko‘ra ko‘proq yordam bersa, bu kulgili ko‘rinadi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »