Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd qilish ehtimolini baholadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Peskovning munosabatiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Putinni o‘ldirish imkoniyatini rad etmagani sabab bo‘ldi. Kremlga ko‘ra, Kiyev rejimi Rossiya prezidentiga ko‘p marta tahdid qilgan, biroq har qanday “suiqasdga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”.

“Esingizda bo‘lsa, ular Ukrainadan turli darajalarda ko‘p marta Putinning hayotiga og‘zaki suiqasd qilishgan. Bu haqdagi hisobotni juda yaxshi bilamiz. Ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Bizda maxsus harbiy operatsiyaning barcha maqsad va vazifalariga erishilishi haqida shubha yo‘q”, — degan Peskov.

Ukraina prezidenti The Sun nashriga bergan intervyusida Ukraina Putinni o‘ldirish imkoniyatidan foydalana oladimi, degan savolga: “Bu urush va Ukraina o‘z yerlarini himoya qilishga haqli”, deya aytgandi.

Ukraina prezidenti urush boshlanganidan beri uni o‘ldirishga urinishlar hisobida chalkashganini aytgan.

Putinning 5-6 suiqasdidan omon qoldim. Birinchisi eng qiziqarli. Keyingilari kovidga o‘xshaydi, osonroq kechadi, — degan edi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »