Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 onlayn sammitida so‘zlagan nutqida Ukraina va G‘azodagi urushni taqqosladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: “Vedomosti”

Putin Rossiya muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. U G‘azo sektoridagi janglarni 2022-yil fevralida Ukrainada boshlangan urush bilan solishtirishga qaror qildi.

“Ayrim hamkasblar o‘z chiqishlarida Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan agressiyasidan hayratda ekanini aytdi. Ha, albatta, harbiy harakatlar har doim fojiadir. Bugun Falastin va G‘azo sektorida tinch aholining qirib tashlanishi hayratlanarli emasmi? Shifokorlar bolalarni operatsiya qilishlari, bolaning tanasini narkozsiz skalpel bilan operatsiya qilishlari hayratlanarli emasmi?”, — dedi Putin.

Tinchlik muzokaralari haqida gapirgan Rossiya rahbari Ukrainani muloqotdan bosh tortishda aybladi.

“Rossiya hech qachon Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini rad etmagan. Rossiya emas, Ukraina muzokara jarayonidan chiqib ketayotganini ochiq e’lon qildi. Qolaversa, davlat rahbarining Rossiya bilan bunday muzokaralarni taqiqlovchi farmoni imzolandi”, — dedi Putin.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan yilning mart oyida to‘xtatilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »