Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hududidagi minalar va portlamagan o‘q-dorilar soni Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta miqdor hisoblanadi. Bu haqda mamlakatdagi BMT minalardan tozalash dasturi menejeri Pol Heslop ma’lum qildi.

Foto: UNIAN
Men Afg‘onistondan Somaliga qadar butun dunyoda 30 yil davomida minalarni zararsizlantirish ishida qatnashdim. Menimcha, ularning hammasi shunchaki o‘quv mashg‘uloti bo‘lgan, — deydi Heslop.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, mamlakat hududining uchdan bir qismida — 20 million gektardan ortiq maydonda 2 milliondan ortiq minalar bor. Oxirgi 18 oy ichida Ukraina bo‘ylab 260 ga yaqin tinch aholi minaga uchrab halok bo‘ldi, deydi Kiyev rasmiylari.

Avval Shveysariya Kiyev hukumatiga masofadan boshqariladigan mina tozalash mashinasi, tirkamali yuk mashinasi va uch yilga yetadigan ehtiyot qismlarini berishi xabar qilingandi. Ushbu texnik vositalarning umumiy qiymati 1,2 million frankni (1,35 million dollardan ortiq) tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »