Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qurolli kuchlari Dneprning chap qirg‘og‘ida rus qo‘shinlarini bir necha kilometr orqaga surishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: EPA

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, rus qo‘shinlari uch kilometrdan sakkiz kilometrgacha bo‘lgan masofada orqaga chekingan. Ukraina qo‘mondonligi hududdagi rus qo‘shinlari sonini bir necha o‘n minglab deb baholamoqda.

“Rossiya qo‘shinlari o‘ng qirg‘oqni artilleriyadan o‘qqa tutishda davom etmoqda. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p”, — dedi Janubiy mudofaa kuchlari spikeri Natalya Gumenyuk.

Dnepr bir yildan beri ukrainalik harbiylarni janubdagi rus harbiylaridan ajratib turadigan front chizig‘i bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘ng qirg‘oq Ukraina qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadi, ruslar esa qarama-qarshi chap qirg‘oqda. Ukraina harbiylari chap qirg‘oqda “muvaffaqiyatli yutuq” haqida xabar berayotgan bo‘lsa, Rossiya qo‘mondonligi Ukraina qurolli kuchlari ko‘prikda mustahkam o‘rnashib olishga urinayotganda, go‘yoki og‘ir yo‘qotishlarga uchragani haqida xabar bermoqda.

Agar Ukraina armiyasining hujumi haqidagi so‘nggi xabarlar tasdiqlansa, bu Ukraina qurolli kuchlarining so‘nggi bir necha oydagi eng katta muvaffaqiyati bo‘ladi. Iyun oyida boshlangan qarshi hujum hozirga qadar sekin kechdi, mamlakat janubi va sharqidagi bir nechta kichik qishloqlar ozod etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »