Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukraina Rossiyani jang maydonida mag‘lub eta olmasligini aytdi. Orban nutqining tegishli qismi X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) Vengriya hukumatining rasmiy vakili Zoltan Kovach tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Orbanning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiyasini qabul qilish mumkin emas, ammo G‘arb davlatlari, uning fikricha, bu konfliktni hal qilishning noto‘g‘ri yo‘lini tanlagan. U Rossiya-Ukraina konflikti boshidanoq “globallashtirilgan” emas, balki “mahalliylashtirilgan” va “yakkalangan” bo‘lishi kerakligini aytdi.

Vengriya bosh vazirining ta’kidlashicha, G‘arbning bu urushdagi strategiyasi dastlab Ukraina jang qilib, g‘alaba qozonishi, Rossiya esa mag‘lub bo‘lishi, shundan so‘ng Moskvada muzokara olib borish mumkin bo‘lgan rahbariyat kelishi bo‘lgan.

“Strategiya shunday edi. Biz moliyalashtiramiz, ukrainaliklar esa jang qiladi va o‘ladi. Hozir biz bo‘lgan joyda, ukrainaliklar jang maydonida g‘alaba qozona olmasligi aniq. Oldingi chiziqda (bu konfliktga) yechim yo‘q. Ruslar yutqazmaydi. Moskvada hech qanday siyosiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bu haqiqat”, — deya xulosa qildi Orban.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »