Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammiti chog‘ida Slovakiya va Vengriya Ukrainaga 50 milliard yevrolik yordam paketi ajratilishiga qarshi chiqdi, deb yozadi Politico.

Foto: Reuters

Nashrning diplomatik manbaga tayanib yozishicha, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban yig‘ilishdan oldin YIning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi “ish bermasligini” aytgan. Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko esa Ukrainadagi korrupsiya muammolariga to‘xtalib o‘tgan.

Gap Ukrainaga keyingi to‘rt yilga mo‘ljallangan yordam dasturi haqida ketmoqda, uni Bryussel 2024-yildan 2027-yilgacha bo‘lgan davr uchun Yevropa Ittifoqi budjetiga o‘zgartirishlar doirasida tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Paketni tasdiqlash uchun assotsiatsiyaga aʼzo bo‘lgan 27 ta davlatning barchasi qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Shu bilan birga, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli moliyaviy rejasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha “umumiy konsensusga erishilgan”. U muammo yil oxirigacha hal etilishiga umid bildirdi.

YI Ukrainaga 2024 — 2027-yillarga mo‘ljallangan budjet taqchilligining 45 foizini qoplash uchun 50 milliard yevrolik moliyaviy yordam paketi ajratish ustida ishlamoqda; Moliya vaziri Sergey Marchenkoning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yili Kiyev bu summadan 18 milliard yevroni olishi kutilmoqda.

Oktyabr oyi boshida Bloomberg Vengriya ushbu yordam paketini ikki qismga bo‘lishni taklif qilgani va hozir Ukraina uchun yarmi yetarli bo‘ladi, degan fikrni bildirgani haqida xabar bergandi. YI sammiti boshlanishidan oldin Orban Budapesht Kiyevga nima uchun pul kerakligini batafsil asoslab berishni talab qilishini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »