Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqini yana tanqid qilib, uni sobiq Sovetga qiyosladi, shuningdek, SSSRning “yomon parodiyasi” deb atadi.

Foto: EPA
“Ba’zida tarix takrorlanadi. Moskva fojia edi. Bryussel shunchaki zamonaviyroq parodiyasi”, — dedi u 23-oktyabr kuni kechqurun Vesprem shahrida milliy bayrami munosabati bilan nutq so‘zlab.

Shu bilan birga, Orban Yevropa Ittifoqidan hali ham umid borligini ta’kidladi.

“Moskvani endi tuzatib bo‘lmaydi, lekin Bryussel va Yevropa Ittifoqini tuzatish mumkin”, — dedi u kelasi yilga rejalashtirilgan Yevropa parlamenti saylovlariga ishora qilib.

Vengriya bosh vaziri bu saylovda hamfikr partiyalar g‘alaba qozonib, Bryusselni migratsiya kabi masalalarda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qilishiga umid bildirmoqda.

Orbanning Yevropa Ittifoqi bilan ziddiyatlari

2010-yildan beri Vengriya hukumatini boshqarib kelayotgan Viktor Orban bir necha bor Bryussel va Sovet Moskvasi o‘rtasida o‘xshashlik borligini aytgan. U Yevropa Komissiyasi bilan yillar davomida qonun ustuvorligi, ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlarni nazorat qilish va boshqa mavzularda tortishib keladi. Orban Ukrainaga qarshi urushi sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qo‘shilishni istamaydi.

Har yili 23-oktyabr kuni vengerlar Vengriyaning bir partiyaviy diktaturasi va Sovet Ittifoqi ta’siriga qarshi 1956-yilgi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan paytni xotirlaydi. Sovet armiyasi bu qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostirgan. 1989-yilda Vengriyada kommunistik tuzum qulaganidan keyin 23-oktyabr mamlakatda milliy bayram deb e’lon qilindi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »