Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina uchun xavfsizlikning yangi arxitekturasi bo‘yicha “kelishuv”ga erishishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

 
Foto: Reuters
 

Siyosatchi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligini va Kiyevning bosib olingan Qrimga nisbatan har qanday da’volarini rad etdi. Vengriya rahbari Ukraina urushda mag‘lub bo‘lish yo‘lidan borayotgani, chunki rus qo‘shinlari soni ko‘pligini ta’kidladi.

“Biz rossiyaliklar bilan Ukraina xavfsizligi va suverenitetini taʼminlash uchun yangi xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha shartnoma tuzishimiz kerak, lekin NATOga aʼzo bo‘lmaslik kerak”, — dedi Orban.

Shu bilan birga, u Rossiya 2014-yilda vaqtincha bosib olgan Qrimning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishigacha qaytarilishi “butunlay real emas” deb baholadi.

U tinchlik uchun eng yaxshi imkoniyat AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning hokimiyatga qaytishi va Ukrainaga harbiy yordamning tugatilishi ekanini aytdi.

Orbanning Ukrainadagi urush haqidagi pozitsiyasi — so‘nggi yangiliklar

Vengriyaning amaldagi bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi ko‘magini to‘sishga urindi, Kiyevga qurol yetkazib berishdan bosh tortdi va Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini bir necha bor aytdi.

U Yevropa Ittifoqi va NATO bo‘yicha ba’zi ittifoqdoshlarining eʼtirozlariga qaramay, Rossiya bilan energetika, gaz taʼminotini yo‘lga qo‘yish va Rossiya boshchiligidagi atom elektr stansiyasi qurilishini ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »