Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina “har jihatdan” Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor emas. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kossuth radiosi efirida ma’lum qildi.

Foto: Mediaklikk
“Muzokaralarni boshlash mumkin emas, bu Vengriyaning aniq pozitsiyasi”, — degan Orban.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi “Vengriyaga juda ko‘p — uch yoki to‘rt, ehtimol, allaqachon besh milliard yevro pul berishi kerakligi, “turli sabablarga ko‘ra” bermayotganini eslatib o‘tgan. 

Avvalroq Politico nashri uch yevropalik diplomatga tayanib Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan uning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar boshlangani haqida dekabr oyida rasman e’lon qilmoqchiligini xabar qilgandi. 8-noyabr kuni Yevrokomissiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha qator shartlar asosida muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgan.

Yevropa Ittifoqi umumiy budjetining ichki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning ittifoqqa qo‘shilishi mamlakatga yetti yil ichida taxminan 186 milliard yevro olish huquqini beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »