Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi umumiy budjetining ichki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning ittifoqqa qo‘shilishi mamlakatga yetti yil ichida taxminan 186 milliard yevro olish huquqini beradi. Bu haqda The Financial Times xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, joriy yilning yozida YI rasmiylari ittifoqqa yangi aʼzolarning qo‘shilishidan so‘ng yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy oqibatlarni baholadilar. Ular ittifoqning 2021-2027 yillar uchun budjet qoidalaridan foydalangan holda tadqiqot tayyorladilar. Rasmiylar Yevropa Ittifoqiga Ukraina, Moldova, Gruziya va g‘arbiy Bolqonning oltita davlati kirishini nazarda tutgan holda hisob-kitob qildi.

Foto: Zn.ua

Barcha to‘qqiz a’zoning qo‘shilishi YI budjetiga 256,8 milliard yevroga tushadi. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qqizta yangi a’zo davlat qo‘shilishi bilan joriy budjet 21 foizga oshib, 1,47 trillion yevroni tashkil qiladi. Bu 36 mamlakat yalpi milliy daromadining taxminan 1,4 foizini tashkil qiladi.

Ittifoqning to‘liq kengayishi o‘n yil yoki undan ko‘proq vaqtni olishi va mavjud fiskal mexanizmlarda katta islohotlarni talab qilishi mumkin bo‘lsa-da, kutilayotgan o‘zgarishlar ko‘lami blokdagi moliyaviy muvozanatni keskin o‘zgartiradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Yevroparlament 2021-2027-yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqi budjetini qayta ko‘rib chiqishni ma’qullagani, unda Ukrainaning 50 milliard yevrolik maxsus jamg‘armasini shakllantirish qoidalari borligi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »