Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qish yaqinlashgani sabab Rossiya bilan urushning yangi bosqichi boshlanyapti, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Associated Press agentligiga bergan intervyusida.

Foto: Getty Images
“Biz urushning yangi bosqichidamiz, bu haqiqat. Qish urushning yangi bosqichiga o‘xshaydi. Shuni aytishim mumkinki, qishda urushlar nafaqat frontda, balki shaharlar ichida ham olib boriladi”, — deydi Zelenskiy.

Ukraina mojaroning navbatdagi, xavfliroq bosqichiga o‘tayotgani haqida The Wall Street Journal noyabr o‘rtalarida yozgandi. O‘shanda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ukrainadagi janglar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani, urush uzoqqa cho‘ziladigan pozitsion janglarga aylanib qolish xavfi haqida ogohlantirgan. Bu vaziyat Ukraina armiyasiga ham, davlatning o‘ziga ham xavf tug‘dirayotgani ta’kidlangan.

21-noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rossiyalik qo‘shinlar guruhlari faol mudofaa ishlarini davom ettirayotgani, butun qo‘shma chiziq bo‘ylab pozitsiyalarni egallab turgani va o‘z pozitsiyalarini bosqichma-bosqich yaxshilayotganini aytdi. Ukraina kuchlari oldinga siljiy olmayapti, dedi vazir. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, noyabr oyi boshidan beri Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 13,7 ming kishini tashkil qilgan.

Yoz boshidan beri Ukraina qarshi hujum olib bormoqda. Zelenskiy hujum qiyin kechayotgani va Ukraina Qurolli kuchlari jiddiy qarshilikka uchrayotgani haqida aytgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »