Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya armiyasini tahlil qiluvchi ekspert, Polsha armiyasi zaxirasi podpolkovnigi Matsey Karavay Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi qishda ham to‘xtamasligi, “qonli janglar” kutilishini aytdi. Bu haqda u Onet nashriga xabar berdi.

Foto: Facebook

Karavayning ta’kidlashicha, uzoq davom etgan urush Rossiya uchun foyda keltirmaydi. Sovuq havoga qaramay, frontda janglar ko‘p bo‘ladi.

“Aksariyat jang Avdeyevka hududida sodir bo‘ladi, lekin ehtimol boshqa joylarda ham kechadi. Rossiyada yaxshi resurslar bor, lekin katta ehtimol bilan faqat maqsadli janglar uchun. Ukraina qarshi hujumdan juda charchagandi. Ruslar, albatta, bunday narsalar haqida qayg‘urmaydi, chunki ular bir oyda 20 ming kishining yo‘qotishlarini o‘rnini bosa oladi. Odatda bular past darajadagi askarlar, masalan, mahbuslar”, — dedi u.

Polsha ofitserining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qishda frontdagi janglar o‘tgan yilgidan ham qonli bo‘lishi mumkin.

“Ikkala tomonning yo‘qotishlari ancha katta. Bu odatiy holdan toydiruvchi urush. Ruslar buni o‘zlari uchun yaxshi hisoblab chiqqan. Ular ukrainaliklar G‘arbdan olgan o‘q-dorilarni ishlatishga majbur bo‘lishi sababli askarlar va sifatsiz texnikalarni yo‘qotishlari mumkinligini biladi. Biroq, nazarimda, uzoq urush Rossiya uchun ham foydali emas. U o‘t ochishni to‘xtatish yoki boshqa yechim izlaydi”, — deya xulosa qildi Matsey Karavay.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »