Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina razvedka xizmati xodimlari, shuningdek, razvedka boshlig‘i Kirill Budanovning rafiqasi Marianna og‘ir metallar, jumladan, mishyak (margimush) va simob bilan zaharlangan. Bu haqda Bosh razvedka boshqarmasi va Tashqi razvedka xizmatining sobiq rahbari Valeriy Kondratyukka tayanib, NV xabar berdi.

Foto: rubic.us

“Menda hali oshkor etilmagan shunday maxfiy ma’lumotlar bor. Og‘ir metallar bilan zaharlanish yuz berdi. Tahlil davomida mishyak va simob kabi metallar topilgan. Bu nafaqat Kirill Budanovning rafiqasiga, balki Bosh razvedka boshqarmasining bir nechta xodimlariga ham aloqador.

Gap Budanovning rafiqasi bilan bo‘lgan soqchilar haqida ketmayapti. Gap yuqori martabali amaldorlar — alohida hududlar rahbarlari haqida bormoqda, ular Rossiyadagi operatsiya uchun alohida mas’uldirlar”, — dedi Kondratyuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov zahar jabrlanuvchilarning tanasiga qanday kirib kelganini hozircha aniqlay olmagan. Marianna Budanova va Ukraina razvedka xizmatining bir necha xodimlari zaharlangani 28-noyabr kuni ma’lum bo‘ldi. “Ukrainska pravda” nashri manbalari ular ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »