Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon va o‘zbek sporti vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Samarqandda shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev Instagram sahifasiga jahon chempioni Magnus Karlsen bilan tushgan suratini joyladi.

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Magnus Karlsenga salla va chopon kiydirildi.

Bahodir Jalolov murabbiyi To‘lqin Qilichev va jamoadoshlari bilan birga Surxondaryoga yo‘l olayotgani videosini joyladi. 26-dekabr sanasida Jalolov Surxondaryoda ham to‘y qilishi aytib o‘tildi.

“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker jamoasi yutgan sovrinlar bilan janglyorlik qilmoqda.

Yengil vazn toifasida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni Jervonta Devis (29-0) Islomni qabul qildi.

Lionel Messining farzandi mashg‘ulotlarda mana shunday gol urdi.

Turkiyaning “Galatasaroy” klubi Instagram sahifasida hujumchi Mauro Ikardining jarohatlangan yuzining suratini joyladi va “Faqat o‘zlari uchun adolatni istaganlar turk futbolini barcha kanallar orqali manipulyatsiya qilishda davom etmoqda. VAR ham 26 ta kamera buni ko‘rmadi va biz bundan uyaldik. Turkiya futbolini bu darajaga olib kelganlar sharmanda bo‘ladi”, — deya izoh qoldirdi.

Mauro Ikardining rafiqasi Vanda Nara turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘zining yoniga ko‘k chiziq chizib qo‘ydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »