Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kecha, 27-dekabr kuni Anqaradagi chiqishi davomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning G‘azoda sodir etgan harbiy jinoyatlarini Gitler boshchiligidagi fashistlar rejimining harakatlariga qiyoslagandi.

“G‘azodagi hujumlar boshlanganidan beri 80 kun o‘tdi, bu vaqt davomida insoniyatning barcha qadriyatlari o‘qqa tutildi. Netanyaxu bugungi kunda sodir etgan jinoyatlari bilan Gitlerning 80 yil oldingi harakatlari o‘rtasida hech qanday farq yo‘q”, — degandi Erdo‘g‘on.
Foto: Reuters

O‘z o‘rnida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiya prezidentining bu so‘zlariga javob qaytardi.

“Kurdlarga qarshi genotsid qilgan va uning hukmronligiga qarshi chiqqan jurnalistlarni qamoqqa tashlash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan Erdo‘g‘on bizga aql o‘rgatishga haqi yo‘q”, — dedi Netanyaxu.

Noyabr oyida qilgan chiqishida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azo sektorining “qassobi” deb atagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »