Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda Ukraina AQSHdan 24 milliard dollardan ortiq harbiy yordam oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

“Joriy yil davomida Qo‘shma Shtatlar umumiy qiymati 24 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 34 ta harbiy yordam paketini taqdim etdi”, — deya ta’kidladi u.

Foto: Twitter

AQSH Davlat departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, yordamning umumiy miqdori 44,3 milliard dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga 250 million dollarlik harbiy yordam paketi berilishini ma’lum qilgandi. Bu AQSHning joriy yildagi oxirgi yordami bo‘ladi. 

Mazkur yordam NASAMS havo mudofaa tizimlari va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilarni, Stinger raketa tizimlarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »