Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusseldagi sammitda ishtirok etayotgan 27 ta Yevropa Ittifoqi yetakchilariga videoaloqa orqali murojaat qildi. Sammitda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.

Murojaat chog‘ida Zelenskiy, xususan, “bugungi kunda qatʼiyatsizlikka tushmaslik” va “Yevropadagi ishonchga xiyonat qilmaslik”ka chaqirdi.

Foto: Reuters

“Bu kun bizning tariximizga kiradi. Biz uchun yaxshi yoki yomon bo‘ladimi — tarix hamma narsani yozib oladi. Har bir so‘z, har bir qadam, har bir harakat va harakatsizlik tarixda qoladi. Kim nima uchun kurashgani ayon bo‘ladi. Bugun Yevropa qaror qabul qilishi juda muhim. Hech kim Yevropa ishonchsiz deb hisoblanishini yoki o‘zi tayyorlagan qarorlarni qabul qilishga qodir emas deb hisoblanishini xohlamaydi”, — dedi u.

Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, Kiyev Yevropa Ittifoqiga aʼzolik bo‘yicha muzokaralarni boshlash bo‘yicha talablarning barchasini bajargan.

“Biz va’da qilingan qaror haqida gapiryapmiz. Men butun Yevropa kelishib olgan rejani amalga oshirishga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan hech qanday qarshi dalillarni eshitmadim”, — dedi prezident.

Zelenskiy o‘tgan yili Ukraina aniq tavsiyalar olganini ta’kidlab, barcha zarur asosiy qonunlar qabul qilinganini eslatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »