Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Senati a’zolarining aksariyati mamlakatning 2024-moliya yili uchun rekord miqdorda — 886,3 milliard dollarlik mudofaa budjeti loyihasini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: Unsplash

Agentlikning ta’kidlashicha, uni demokratlar ham, respublikachilar ham tortishuvlarsiz ma’qullagan. Qonun loyihasi 3,1 ming sahifadan iborat bo‘lib, mudofaaga 886,3 milliard dollar ajratilishini ko‘zda tutadi, bu o‘tgan moliya yiliga nisbatan 3 foizga ko‘p. 100 nafar senatordan 87 nafari hujjat uchun ovoz berdi, 13 nafari qarshi chiqdi.

“Murosaga kelish” deb nomlangan loyiha, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • harbiy xizmatchilarning ish haqini 5,2 foizga oshirish;
  • bir qator kompaniyalardan akkumulyatorlar sotib olishni taqiqlash, chunki ikkala partiya ham “xavfsizlikka potensial tahdidlar haqida ogohlantirgan”;
  • mintaqada “mudofaa qobiliyatini yaxshilash” va Xitoy bilan tinch munosabatlarni rivojlantirish uchun AQSH—Tayvan hamkorligini mustahkamlash.

Hujjat Vakillar palatasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi va tasdiqlangach, yakuniy loyiha AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolanadi.

Sentyabr oyi oxiridan beri AQSH Kongressi Ukraina va Vashingtonning boshqa xorijiy ittifoqchilariga yordam berish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha kelisha olmayapti. Bayden va demokratlar bir qancha davlatlarga, jumladan, Ukraina va Isroilga 106 milliard dollar ajratish zarurligini taʼkidlamoqda, respublikachilar esa alohida qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda. Oq uy qo‘shimcha mablag‘ ajratilmsa, Ukraina uchun pul 2023-yil oxirigacha tugashi haqida ogohlantirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »