Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQSH senatorlari oldida video havola orqali so‘zlashi rejalashtirilgan nutqi bekor qilindi. Bu haqda Senatdagi Demokratik ko‘pchilik rahbari Chak Shumer ma’lum qildi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
“Aytgancha, bugun Zelenskiy bizga qo‘shila olmaydi... So‘nggi daqiqada nimadir yuz berdi”, — deya Shumerning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Ukraina prezidenti nima sababdan chiqish qila olmaganiga Shumer aniqlik kiritmadi.

Zelenskiy 5-dekabr kuni senatorlar bilan gaplashishi kerak edi. The Hill yozganidek, Ukraina prezidenti senatorlarni urushdagi vaziyatdan xabardor qilib, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga chaqirmoqchi bo‘lgan.

6-dekabr kuni AQSH Senatida Ukrainaga 60 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratish bo‘yicha ovoz berish rejalashtirilgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden oktyabr oyida Kongressdan 106 milliard dollar, jumladan, Ukrainaga yordam berish uchun 61,4 milliard dollar va Isroil uchun esa 14,3 milliard dollar ajratishni so‘ragandi. Respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi Ukrainaga emas, Isroilga pul ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini maʼqulladi, shundan so‘ng demokratlar hujjatni Senatda bloklashdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »